Nukusda yetakchilar yoshlarni band qilish bilan band
Mahallalardagi yoshlar yetakchilari tashabbusi, hokim yordamchilari bilan hamkorlikda qator yoshlarning o’z-o’zini band qilish dasturi asosida qator yordamlar berilmoqda.
Jumladan, Nukus shahrida ham sektorlar kesimida yoshlarning bandligini ta’minlashga amaliy yordam berilmoqda.
1-sektor: “Nauqanbag'” MFYda yashovchi fuqaro A.Qidirniyazovaga yetakchi B.Babaniyazov va hokim yordamchisi A.Allaniyzov tashabbusi bilan pishiriqlar tayyortlashda kerak bo’luvchi uskunalarni xarid qilishi uchun 9 mln imtiyozli kredit olib berild.
2-sektor: “Shig’is” MFY da yashovchi fuqaro Yusupov Salamatga yoshlar yetakchisi G.Turejanova va hokim yordamchisi B.Kipchakbayevlar yordami bilan 27 mln yengillatilgan kredit asosida parrandachilik bilan shug’ullanishni yo’lga qo’ydi.
3-sektor: “Nur” MFYda yashovchi fuqaro Islam Karimovga yetakchi K.Kamalov va hokim yordamchisi A.Kamalovlar tashabbusi bilan konditer mahsuloti ishlab chiqarish uchun 33 mln imtiyozli kredit olib berildi.
4-sektor: “Anasay” MFYda yashovchi fuqaro A.Palimbetovga yetakchi D.Shinnazarova va hokim yordamchisi A.Rzamuratovlar tomonidan oilaviy tikuvchilik sexi foliyatini boshlashga yordam berish maqsadida amaliy yordam ko’rsatilib, 32 mln yengillashtirilgan kredit olib berildi.