Click to listen highlighted text!

Ellikqal’ada “Urf-odat, qadriyat, an’ana va yoshlar” sayli o’tkazildi

Ellikqal’a tumani “Tupraqqal’a” mahallasida “Urf-odat, qadriyat, an’ana va yoshlar” sayli o’tkazildi.
Sayl davomida “Uch avlod uchrashuvi”ham tashkil etilgan bo’lib, yoshi ulug’ qariyalarimiz yoshlarga milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va an’analarimiz haqida nasihatlar berib bormoqda.

“Sumalak party” Sumalak xalqimizning ardoqli shodiyonasi-Navro‘zning ko‘rkidir. Sumalak-Navro‘zning shoh taomi bo‘lib, u ilk ko‘klam darakchisi, baraka, hosildorlik, to‘kin-sochinlik, ahillik, tan sihatlik va ezgulik timsolidir.

Yoshlarni milliy qadriyat va an’analarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida “Varraklar uchurish” o’tkazildi.

Milliy xalq o’yinlaridan “Arqon tortish” musobaqasi ham boʻlib oʻtdi.Bunda mahalla yigitlari oʻzaro guruh boʻlib bellashdilar.

“Har kuning Navro’z bo’sin” mavzusida 9-12 yoshlar o’rtasida insholar tanlovi oʻtkazildi, “Har bir yoshga bir nihol” shiori ostida mahallaga ko’chat o’tkazish hamda ko’ngillilar tomonidan “Eko hashar” kabi aksiya va loyihalar o’tkazildi. Ushbu loyihalarda yoshlar juda faol ishtirok etishdi.

💥 Bayram tadbirida yoshlar tomonidan tayyorlangan kuy va qo’shiqlar tomoshabinlar ko’nglidan joy oldi.

Skip to content Click to listen highlighted text!