Nukuslik yetakchilar bolajonlarni qanday xursand qildi?
Mahallalardagi yoshlar yetakchilari yoshlar muammolarini o’rganish, ularga yechim topish bilan bir qatorda yaxshilik qilishdan hamto’xtayotgani yo’q.
Shunday saxovat tadbirlaridan biri Yoshlar ishlari agentligi Nukus shahar bo’limi 3-sektor hududidagi mahallalar yoshlar yetakchilari tomonidan amalaga oshirildi. “Qadriyat, urf-odat, dastur,yoshlar sayli”, “navro’z fest” doirasida “Mehrli qo’llar” aksiyasi tashkil etilib, aksiya doirasida yetakchilar ftiziatriya sanatoriyasiga tashrif buyurdi.
Aksiya doirasida sanatoriyada davolanayotgan bolalarga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida qiziqarli o’yinlar, fikr jamlashga yordam beruvchi mashg’ulotlar, ertak qahramonlari chiqishlari tashkil etildi.
3-sektor hududidagi 17 mahalla yetakchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan aksiyada 200 nafarga yaqin bolajonlarga bahoriy kayfiyat ulashildi. Shuningdek, bolajonlarga yetakchilar tomonidan qimmatbaho sovg’alar, o’quv qurollari va shirinliklar sovg’a qilindi.