Click to listen highlighted text!

Amudaryoda “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” sayli o‘tkazildi

Amudaryo tumani Do‘rman OFY da yangilanish, yasharish bahor fasli qolaversa, Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” sayli tashkil qilindi.
Erta tongdan boshlangan saylda, “Navro‘z – yoshlar marafoni” yigitlar va qizlar o‘rtasida 3-5 km masofaga yugurish tashkil qilindi.
Yugurish marafonida yigitlar o‘rtasida,
1-o‘rin Kenjaev Orzubek
2-o‘rin Tursinboev Husanboy
3-o‘rin Egamberganov Jalol

Qizlar o‘rtasida,
1-o‘rin Erkaboyeva Maftuna
2-o‘rin Boboxonova Farida
3-o‘rin Sobirova Iroda

Mahalla yoshlari o‘rtasida sportning Mini futbol turidan musobaqa tashkil qilindi. Musobaqada qo‘shni mahalla yoshlari ham qatnashdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra,
1-o‘rin Do‘rman OFY
2-o‘rin Bo‘z solma MFY
3-o‘rin Xolimbeg MFY jamoalariga nasib etdi.

Beg‘ubor bolalik, tinchlik va ezgulikni o‘zida jamlagan baxtli bolalikda, mahalla bolalari uchun “Varrak sayli” tashkil qilindi.
1-o‘rin Rahimboyev Azizbek
2-o‘rin Rahimboyev Shoxjahon
3-o‘rin Farxodov Umidjon

Sayl doirasida, O‘zbek “Milliy xalq o‘yinlari”, arqon tortish, tosh ko’tarish, qo’chqor urishtrish, milliy kurash, armrestling kabi o‘yinlar tashkil qilindi

Sayl qatnashuvchilariga,” Oshga marhamat” va “Sumalak party” doirasida 60 kg Navro‘z oshi tarqatildi. Shuningdek bir kun oldin aynan sayl uchun tayyorlangan “Navro‘z” taomi “Sumalak” tarqatildi.

Barcha sport musobaqalari va milliy xalq o‘yinlarida faol qatnashib, faxrlli o‘rinlarni qo‘lga kititgan ishtirokchilar, diplom va qimmat baho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!