Beruniyda 14 ta murojaatdan nechtasi yechim topdi?
Beruniy tumanidagi »To‘qimachi» mahallasi yoshlari bilan tuman 2-sektori rahbari Rasul Xalmuratov, 4-sektor rahbari Anvar Kenjayev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Uchrashuvda jami 14 ta murojaat qilingan bo‘lib, ulardan 4 tasi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlash bo‘yicha, 3tasi o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida mehnat qurollari olishda amaliy yordam bo‘yicha bo‘ldi.
Shuningdek, o‘z tadbirkorligini boshlash niyatidagi yoshlarga kredit masalasida tushuntirishlar berildi.
Reportyor: Zafarbek Artiqbayev
