Click to listen highlighted text!

Amudaryoda Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

14-yanvar kuni Amudaryo tumani Madaniyat bo‘limi zalida ”Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Amudaryo tumani hokimi o‘rinbosarlari, 9202 harbiy qism komandirlari, tuman Mudofaa bo‘limi, zaxiradagi ofitserlar, harbiy orkestrlar va uyushmagan yoshlar qatnashdi.

58 nafar talabalar, umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari M.Shermetov ochib berdi. ”Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bir qator soha xodimlari tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!