Qoraqalpog‘iston o‘g‘loni Rossiyani zabt etdi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti «Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi» kafedrasi 1-bosqich magistranti Raximbayev Otabek Davlatbayevich 2022-yil 10-yanvar kuni Butunrossiya talabalar va magistrantlar o’rtasida «Muhandislik geologiyasi » fanidan o’tkazilgan online olimpiyadada qatnashib faxrli 1-o’rini qo’lga kiritdi.
Shu paytgacha:
📌Otabek RAXIMBAYEV 2020-yil 26-avgust kuni «Mard o’glon» davlat mukofati bilan taqdirlangan.
📌50 dan ortiq tanlov, konferensiya va olimpiyadalarda qatnashib faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan.