Yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi hamkorligi yutuqlari Beruniy misolida
Mamlakatimizda shahrdan olis hududlar, chekka qishloqlarda ham aholiga yengilliklar yaratish, ularning muammolariga amaliy ko’mak berish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.
Shu qatori, Beruniy tumani Oltinsoy OFY ham tuman markazidan – kilometr uzoqlikda joylashgan va sharoiti og’ir hudud hisoblanadi. -sektor hududiga kiruvchi ushbu OFYda 6339 nafar aholi istiqomat qiladi.
Hududdagi yoshlar yetakchisi M.Muratov va hokim yordamchisi F.Primovlar hamkorligida “Manguobod” aholi manzilidagi yoshlarga 10 ta inkubator, 7 ta tikuv mashinasi va 4 ta xonadonga 25 donadan parranda tarqatilgan bo’lsa, “Nurmanboy” aholi manzilida do’kon sotuvchiligi uchun 2 nafar, sartaroshxonada 2 nafar, tikuvchilik sexida 5 nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi.
Shu bilan birga “Kuchkinboy” aholi manzilida imtiyozli kreditlar asosida tashkil etilgan issiqxonalar orqali aholining daromad ko’ra boshlagani qayd etildi.