Ellikqal’alik sportsevar yoshlar bellashmoqda
Yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, ularning sportga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida hududlarda turli sport musobaqalari, bellashuvlar bo’lib o’tmoqda.
Jumladan , Ellikqal’a tumanida ham sektorlar kesimida sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Tumandagi “Qirqqizobod” OFY hududida 1-sektor hududidagi mahalla yoshlari o’rtasida sportning voleybol turi bo’yicha bellashuv tashkil etilgan bo’lsa, tuman markazidagi futbol maydonchasida mini-futbol sport turi bo’yicha 3-sektor sport bellashuvi bo’lib o’tdi.
Hududlarda tashkil etilayotgan bu musobaqalarga 500 dan ortiq yoshlar qamrab olingan bo’lib, bu musobaqalar aynan yoshlarning taklif va istaklaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.