Diqqat!
Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2025-2026 oʻquv yili uchun 2-chorak 4 oylik qayta tayyorgarlik kursiga qabul qilish boshlandi.
Tanlovda oliy ma’lumotli 30 yoshdan oshmagan , mehnat faoliyati kamida 2 yil boʻlgan , mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tashkilotlari , fuqorolarning oʻz-oʻzini oʻzi boshqarish tashkilotlari , ijtimoiy tashkilot rahbarlari yoki xizmatchilari ishtirok etishi mumkin.
Hujjatlar 15 noyabrga qadar qabul qilinadi .
Hujjatlarni mahalliy yoshlar ishlari boshqarmasiga topshirishingiz mumkin.
Shu bilan birga, batafsil ma’lumotni www.yomi.uz havolasi orqali olishingiz mumkin.
