Click to listen highlighted text!

Amudaryolik yoshlar Xivaga sayohat qilishdi

5-iyun kuni erta tongdan mahalladagi yoshlar yetakchilari, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalarining Amudaryo tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan yoshlar hamda bir guruh volontyor yoshlar Xivaga sayohatga uyushtirildi.


Xiva shahrida, 3-7-iyun kunlari ” II international Pahlavon Mahmud Stronge games” festivali o‘tkazilmoqda. Ekskursiyachilar ushbu festival doirasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalarini tomosha qildilar.
Sayohatchilar Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi me’moriy obyektlari va qadimiy yodgorliklarini yaqindan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Qadimiy Xivaning yanada go‘zal manzilgohlari, madrasa- maqbara minora va zamonaviy majmualarni tomosha qilish orqali tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega bo‘ldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!