Click to listen highlighted text!

«Besh tashabbus olimpiadasi» Beruniyda «Besh tashabbus festivali» ga aylanib ketdi

“Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlarni bir davrada mujassam qilib, iqtidorini namoyish qilishga, o’zaro do’stona muhitni yanada mustahkamlash, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Beruniy tumanidagi Abu Rayxon Beruniy nomidagi 35-sonli Davlat ixtisoslashgan umumiy o’rta ta’lim maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” yoshlar festivali o’tkazildi.

San’at sohasidagi iqtidorli o’quvchilarning to’garakdagi faoliyati, g’azal va she’r aytishuvlaridan iborat mushoira davrasi, sportning voleybol turidan o’yinlar, kibersport musobaqalari, turli millat raqslari va jonli ijrodagi qo’shiqlar, shuningdek, harbiy vatanparvarlik chiqishlari, yoshlar shaxmat turniri tadbirning ko’tarinki ruxda o’tishini ta’minladi.

Zukko va bilimdon o’quvchilarning salohiyati va festivalga tayyorgarligi o’zgacha bo’lganligi ma’lum bo’ldi. Umuman, yoshlar hayotida o’tkazilayotgan tadbirlar o’z amaliy natijasini ko’rsatdi.

Biz nimaga erishamiz? Yoshlar orasida turli keraksiz illatlar tarqalishining oldi olinadi, huquqbuzarlik holatlari sodir bo’lmaydi, erta turmush va turli yot g’oyalar ta’siriga tushishdan yoshlarni asraymiz.

Eng oliy maqsadimiz ham shundan iborat. Ma’naviyatni, madaniyatni, ma’rifatni targ’ib qilish orqali yoshlar ongiga yanada yaqin kirib boramiz.

 

Reportyor: Zafarbek Artiqbayev

Skip to content Click to listen highlighted text!