Click to listen highlighted text!

To’rtko’llik yoshlar qayerga sayohat qildi?

Yoshlarning bo’sh vaqti- yetakchining ish vaqti shiori ostida bugun 4-sektor “To’rtko’l”, “G’alaba”, “Turkiston”, “O’zbekiston”, “Toshkent” va “Markazobod” MFY yoshlar yetakchilari o’z mahallalaridagi kam ta’minlangan oilalar farzandlarini Xorazmning tarixiy Xiva shahriga sayohat tashkil etdilar.

Bu sayohatdan bolalar yaxshi taassurotlar bilan qaytishlari kutilgan. Bugungi kunda yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazishga oid koʻplab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlar ham shu loyihalar asosida tashkillashtirilmoqda.

Ushbu ijtimoiy himoya muhtoj yoshlar uchun To’rtko’l tumani Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mutlaqo bepul Xiva shahrini ko’rish, sayr etishlari uchun imtiyoz berildi.

Yoshlar agentligi tomonidan yana kelajakda shunga oʻxshash yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazishga oid qator ishlar amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Skip to content Click to listen highlighted text!