Beruniylik yetakchilar faollikda bellashmoqda
Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida mahallalardagi yoshlar yetakchilari bir-biri bilan bahslarni davom ettirmoqda.
Jumladan, Beruniy tumanidagi “Obi-hayot” MFY yetakchisi Shohrux Xudayberganov tomonidan mahallada 300 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida voleybol, fudbol, shaxmat-shashka musobaqalari tashkil etilgan bo’lsa, “Lolazor” MFY yetakchisi Qambar Allaniyazov o’z hududida “Navro’z sayli” tashkil qildi. Milliy taomlar va buyumlar ko’rgazmasi, sahna ko’rinishlarida 400 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.
Aholiga bayram kayfiyatini ulashishda yoshlar yetakchilarining raqobati bardavomdir.